background
logotype
image1 image2 image3

Tahorat olish mumkin bo'lmagan suvlar hukmi

Savol: Aytishlaricha, ba'zi suvlarda tahorat olish mumkin emasmish, shularning hukmi haqida ma'lumot berishlaringizni so‘rayman.

Javob: Yer va osmondan chiqadigan suvlarning hamma turi bilan tahorat olsa bo‘ladi. Agar hovuzdagi suv to‘xtab turishi bilan biroz o‘zgargan bo‘lsa yoki unga toza narsalar, masalan, tol bargi, cho‘p aralashuvi bilan o‘zgarsa ham, u bilan tahorat olinaveradi. Shuningdek, suvda tug‘ilib-o‘lgan yoki oquvchi qoni yo‘q hayvon yoki hasharotlar (baliq, pashsha, chivin va boshqalar)ning jasadi suvni iflos qilmaydi.

Ammo pok narsa suvga tushib, suvni suvlik tabiatidan chiqarib yuborsa yoki toza narsani aralashtirib qaynatish bilan uni boshqa narsaga aylantirsa (masalan, go‘sht suvga solib qaynatilsa), unday suv bilan tahorat olib bo‘lmaydi.

Quyidagi suvlar bilan tahorat olish mumkin emas:

- najasot tushgan idishdagi va hajmi 10x10 metrdan oz bo‘lgan hovuzdagi suvda;

- daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda;

- qurbat hosil qilish uchun (savob umidida tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda;

- ifloslikni ketkazish uchun ishlatilgan suvda. ("Muxtasari viqoya")

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.