background
logotype
image1 image2 image3

Qo‘limni ehtiyotsizlik qilib jarohatlab oldim. Tahorat paytida nima qilmog‘im kerak?

Savol: Qo‘limni ehtiyotsizlik qilib jarohatlab oldimTahorat paytida nima qilmog‘im kerak?

JavobTahorat olishda yuvilishi lozim bo‘lgan a'zolardan birida jarohat bo‘lsa, qaraladi: agar unga sovuq suv zarar qilsa, issiq suv bilan yuviladi. Issiq suv ham jarohatga zarar qilsa, unga bevosita mash qilinadi. Ya'ni, qo‘l ho‘llanib jarohat siypalanadi. Agar jarohatga bevosita mash qilish imkoni bo‘lmasa, jarohat bog‘langan dokaga mash qilish kerak. Bunda jarohat tahoratli holda bog‘langan bo‘lishi shart emas. Jarohat bog‘langan dokaga mash tortish muddati chegaralanmagan («Hadiyyatus su'luk»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.