background
logotype
image1 image2 image3

Kulgi ham tahoratni ketkazadi, deyishadi. Qaysi hollarda kulganda tahorat sinadi?

SavolKulgi ham tahoratni ketkazadideyishadi. Qaysi hollarda kulganda tahorat sinadi?

JavobJanoza namozidan boshqa barcha namozlarda balog‘atga yetgan kishi tovushini chiqarib kulsa, tahorati ketadi. Yosh bolaning kulgisi tahoratini ham, namozini ham buzmaydi. Kulgi uch xil bo‘ladi: ovoz chiqarib kulish. Bu tahoratni ham, namozni ham buzadi. Ulamolar: «Kimki namozdan tashqarida ham qahqaha urib kulsa, qayta tahorat qilishi mustahab», deganlar. Kishi kulgisini o‘zi eshitib, yonidagi eshitmasa, namozi buziladi, ammo tahorati ketmaydi. Tabassum namozni ham, tahoratni ham buzmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.