background
logotype
image1 image2 image3

Plastik kartaga savdo qilganda qo‘shimcha 10-20% haq olish halolmi?

Savol: Plastik kartaga savdo qilayotganlar qo‘shimcha 10% dan 20% gacha haq olishmoqda. Sababi, bank topshirilgan pulni bermayapti. Xorijiy valyuta oshib ketsa, bankdagi pul qadrsizlanyapti. Pul o‘tkazilsa 10% dan 20% gacha qo‘shimcha pul berilyapti. Shu ishlar halolmi?

Javob: Agar ma’lum narxga savdo aqdini tuzib, so‘ng pul to‘lash plastik karta orqali amalga oshirilishi sababli o‘n yoki yigirma foiz ortiqcha pul yechib olsa, bu noto‘g‘ridir. Lekin avvaldan naqd pulga boshqa narx, pul o‘tkazish yo‘li bilan boshqa narx aytilsa, so‘ng shulardan biriga aqd qilinsa, buning zarari yo‘qdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.