background
logotype
image1 image2 image3

Qur'oni karimni tilovat qilishning bir qancha odoblari bor deb eshitdim. Ular qaysilar?

Savol: Qur'oni karimni tilovat qilishning bir qancha odoblari bor deb eshitdim. Ular qaysilar?

Javob: Qori Qur'on tilovat  qilayotganida sukunat holatida, tahorat bilan, toza kiyim va pok joyda, tishlarini misvok bilan tozalagan, o‘tirgan holatda qiblaga yuzlanib, boshini eggan holda bo‘lishi lozim. Chordona qurib, suyanib, mutakabbirlik holatida o‘tirmaslik, tanho o‘tirganida ham o‘zini ustoz huzurida o‘tirgan kabi tutishi kerak.

Qur'on o‘qiyotganda kishining yig‘lashi mustahabdir. Rasululloh (s.a.v.): «Qur'on tilovat qilarkansizlar, yig‘langlar, agar yig‘lay olmasangiz, yig‘lamsiragan holda o‘qinglar», deganlar. (Ibn Moja Sa'd ibn Abu Vaqqosdan rivoyat qilgan).

Qur'onni chiroyli, uning nazmini buzib yuboradigan darajada ovozni ortiqcha balandlatmasdan tartil bilan o‘qish, uning odoblariga kiradi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.