background
logotype
image1 image2 image3

Qur'oni karimni tahoratsiz ushlasa bo‘ladimi?

Savol: Qur'oni karimni tahoratsiz ushlasa bo‘ladimi?

Javob: Islom shariati Allohning kalomi, ilohiy dastur hisoblangan Qur'oni karimni nihoyatda hurmatlashni, hatto uning oyatlari yozilgan qog‘ozlarni ham nojoiz joylarga tashlamaslikni buyuradi.

Qur'oni karimni shuning uchun betahorat kishilar, musulmon bo‘lmagan kishilar, hayz va nifos ko‘rayotgan ayollarga ushlashga ruxsat etilmaydi. Ammo Qur'oni karim yoki uning oyatlari oyoq ostida bo‘lsa, tahoratingiz yo‘q bo‘lsa ham olib qo‘yishlikka ijozat berilgan. Imom Buxoriy Qur'onni faqat mo‘minlargina ushlaydilar, deb tafsir qilganlar. Lekin Qur'oni karim tafsirlari (ma'nosi, sharhi) va tarjimalarini betahorat ushlashga ruxsat etilgan.

Kitoblar taxlanganda Qur'oni karim, uning ma'lum qism va poralari barcha kitoblarning eng ustida turadi. Undan keyin Qur'on tafsirlari, hadis kitoblari, fiqh kitoblari va boshqalar joylanadi.

Qur'oni karim va tafsirlarini foydalanib bo‘lish bilanoq tokchalarga va kitob javonlariga olib qo‘yish kerak. Qur'on, fiqh kitoblari turgan tomonga oyoq uzatib yotish mumkin emas, makruh hisoblanadi. Qur'onga behurmatlik ko‘rsatgan, ya'ni uni tepkilagan, hukmlarini yolg‘onga chiqargan yoki masxaralagan kishilar kofir, deb hukm qilinadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.