background
logotype
image1 image2 image3

Qur'on suralarining qanday fazilati va xosiyati bor?

Savol: Qur'on suralarining qanday fazilati va xosiyati bor?

Javob: Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir kecha-kunduzda Allohning roziligini talab qilib, Yosin surasini o‘qisa, gunohlari kechiriladi», dedilar.

Boshqa bir rivoyatda: «Kim kechasi Duxon surasini o‘qisa, gunohlari kechirilgan holatda tong ottiradi», deyilgan.

Ibn Mas'uddan, roziyallohu anhu, qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har kecha Voqea surasini o‘qisa, unga kambag‘allik yetmaydi», deganlar.

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Kim kechasi «Iza zulzilatil arzu...» surasini o‘qisa, Qur'onning yarmini o‘qigandek bo‘ladi, kim «Qul ya ayyuhul kafirun»ni o‘qisa, Qur'onning to‘rtdan birini o‘qigandek bo‘ladi, kim «Qul huvallohu ahad»ni o‘qisa, Qur'onning uchdan birini o‘qigandek bo‘ladi», dedilar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.