background
logotype
image1 image2 image3

Tayammum qay tartibda qilinadi?

SavolTayammum qilishning tartibi qanday bo‘ladi?

JavobTayammum - qasd qilish ma'nosida bo‘lib, ikki qo‘lni pok yerga urib yuz va qo‘llarni mash qilishdan iborat amaldir. Tayammum fiqh kitoblarida bayon qilingan muayyan hollardagina mumkin. Tayammum qilish joiz bo‘lgan holda avvalo tayammum qilib namoz o‘qimoqni niyat qiladi. Chunki niyat tayammumning farzidir. Yenglarni tirsakdan o‘tkazib shimaradi. Keyin ikki qo‘lni pok yerga (yoki uning jinsidan bo‘lgan narsaga) urib, ko‘tarilgan g‘uborga qo‘l barmoqlarini ochib bir lahza tutib oladi. Va yuzning tahoratda yuvilishi zarur bo‘lgan qismiga surtiladi. So‘ng qo‘llarni mazkur tarzda yana bir bor pok yerga urib, har ikki qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlaridan boshqalarini alohida-alohida birlashtiradi. O'ng qo‘lning birlashtirilgan uch barmog‘i orqasini chap qo‘lning shu holdagi uch barmog‘i ichiga qo‘yadi. (Bunda o‘ng qo‘l barmoq uchlari sirtda qolmasligi kerak.) Va chap qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlarini tekkizmay, chap qo‘l kaft va boshqa barmoqlari ila o‘ng qo‘l tirsak ortigacha mash (siypash) qiladi. So‘ng chap qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmog‘i bilan o‘ng qo‘l bilagining mash qilinmagan qismini quchoqlatib o‘ng qo‘l barmoqlari uchigacha mash qiladi. So‘ngra xuddi shu tarzda chap qo‘lning uch barmog‘i orqasi o‘ng qo‘lning uch barmog‘i ichiga qo‘yiladi va o‘ng qo‘l ham tirsagi bilan mazkur tartibda mash qilinadi.

Tahoratni sindirgan narsalar, suvni ko‘rish va uning iste'moliga qodir bo‘lishliktayammumni sindiradi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.