Peshob (siydik)dan poklanmaslikning gunohi qanday bo‘ladi?
Savol: Peshob (siydik)dan poklanmaslikning gunohi qanday bo‘ladi?
Javob: Ko‘p hollarda kishilar ko‘zga ilinmas iflosliklardan saqlanmaydilar, beparvo bo‘ladilar. Peshob ana shunday iflosliklardan biri. Peshobdan tozalanish istibro deyiladi. Istibro shuning uchun zarurki, tabiatan peshob butunlay chiqib ketmaydi, balki peshob yo‘lida bir necha tomchisi qolib ketadi. Peshob tahoratdan so‘ng chiqsa tahoratni sindiradi va kiyimni ham bulg‘aydi.
Peshobdan poklanish uchun erkaklar peshob yo‘liga kesak tutib bir necha bor silkinishlari, yo‘talishlari va oyoqlarini chalkashtirishlari kerak. Ana shunda peshob butunlay chiqib tugaydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ikki qabrga ishora etib, ulardagi mayyitlar azoblanayotganini, ulardan birining azoblanish boisi peshobdan poklanmagani bo‘lsa, ikkinchisining azobga giriftor bo‘lish sababi chaqimchilik ekanligini sahobai kiromlarga tushuntirganlar.
Va yana Rasuli akram (s.a.v.) ularga shunday marhamat etdilar: «O‘zingizni pok tuting! Peshobdan saqlaning! Negaki qabr azobining ko‘pi shuning orqasidan bo‘ladi». (Imom Doriqutniy rivoyati).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.