Misvokning qanday foydalari bor?
Savol: Misvokning juda ko‘p foydalari bor, deb eshitdim. Shu haqda ma'lumotberolmaysizlarmi?
Javob: Arok daraxti shoxchalaridan olinadigan misvok haqiqatan ham shifobaxsh, foydali, zarur tish (og‘iz) tozalash vositasidir. Misvok borasida Rasulullohdan (s.a.v.) yuzdan ortiq hadis vorid bo‘lgan va u zot: «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lishini o‘ylamaganimda albatta ularni har bir namozdan oldin misvok qilish, ya'ni og‘iz va tish tozalashga buyurgan bo‘lardim», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Sahobiy Hofiz ibn Hojar hamda Ibn Qayyum misvokning o‘ttizdan ortiq foyda va xususiyatlarini sanab o‘tishgan. Bular quyidagilar: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aslo tark etmagan sunnatlari - misvok Allohning roziligiga erishtiradi, og‘izdagi badbo‘y hidlarni ketkazadi, tishlarning chirishi va darz ketishining oldini oladi, milklarni mustahkamlab, qonashi va yiringlashini yo‘qotadi, balg‘amni ko‘chirib, ovozni, talaffuzni yaxshilaydi, yurak, me'da, ko‘z asablarini mustahkamlab, ko‘zni ravshan qiladi, uyquni qochirib, yuzni go‘zallashtiradi, farishtalarni mamnun, shaytonni mahzun qiladi, xotirani kuchaytirib, zehnni ochadi, hasanotlarni ko‘paytiradi va hokazo.
Zamonaviy tib ilmi xulosalariga ko‘ra, misvokning quyidagi foydalari bugunga kelib aniqlandi:
1. Tarkibida ftor moddasi bo‘lgan misvok tishlarning yemirilishi (karies)ning oldini oladi.
2. Misvokda xlor moddasi bo‘lgani uchun tishlardagi turli rang, kir-dog‘larni ketkazadi.
3. Uning tarkibidagi silikat moddasi tishlarni yaxshigina oqartiradi.
4. Misvokdagi fosfor moddasi tishni chirituvchi bakteriyalardan himoyalaydi.
5. Trimetilamin va darmondorilar milklarni yorilishdan asraydi, jarohatlarni tuzatadi va tishlar sog‘lomligini ta'minlaydi.
Shuning uchun musulmonlar tahorat vaqtida va Qur'on qiroatidan avval, uyquga yotishdan oldin va uyqudan turgach, ovqatdan avval va keyin misvok qilishlari mahbub amallardan hisoblanadi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.