background
logotype
image1 image2 image3

Kishiga qachon g‘usl qilish vojib bo‘ladi?

Savol: Kishiga qachon g‘usl qilish vojib bo‘ladi?

Javob: Islom dini musulmon erkak va ayollarga jimo'dan so‘ng, ehtilom bo‘lish (bulg‘anib qolish)dan so‘ng, ayollarga esa hayz va nifos (chilla)dan so‘ng g‘usl (gavda tahorati)ni vojib qilgan. G‘usl qilmaguncha inson junublikdan chiqmaydi. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun a'zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma'lumki, g‘usl kishilarni turli nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo' tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.