background
logotype
image1 image2 image3

Junub holda yeyish va uxlash joizmi?

Savol: Jimo'dan so‘ng g‘usl qilmagan holda biror narsa yesa yoki uxlasa bo‘ladimi?

Javob: Junub bo‘lgan odam bir narsa yeyishni istasa, avval qo‘llarini, so‘ng og‘zini yuvadi, undan keyin ovqatlansa bo‘ladi.

Junub holda uxlashni istagan odam agar namoz vaqtini o‘tkazib yubormay uyg‘onishiga amin bo‘lsa, joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Shubhasiz, ichida it, surat va junub bo‘lgan uyga farishtalar kirmaydi".

Bu hadisdan murod junub holda yurishni odat qilgan, bir necha vaqt namozni o‘tkazib yuborganlardir. Demak, junub bo‘lgach, qancha tez g‘usl qilsa, shuncha yaxshi.

Junub bo‘lgan odamning uxlashdan oldin tahorat olmog‘i mashru'dir. Ba'zilar mustahab, demishlar.

 

Savol: Junub bo‘lgan ayol bolasini qanday emizadi?

Javob: Emizikli ayolning bolasi yig‘lasa, g‘uslga fursati bo‘lmasa, ko‘kragini yuvib, so‘ng emizishi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.