background
logotype
image1 image2 image3

G'uslga doir savol-javoblar

Savol: G'usl qilish vojib bo‘lgan ayol g‘usl qilmasdan oldin hayz ko‘rib qolsa, g‘usl qilishi kerakmi?

JavobBu holda ixtiyorli bo‘ladi, agar istasa, g‘usl qilib oladi, istamasa, hayzdan pok bo‘lgandan so‘ng bir yo‘la g‘usl qiladi («Xulosa»).

SavolAyol tuqqanidan so‘ng qon ko‘rmasa hamunga g‘usl vojib bo‘ladimi?

JavobAyol tuqqanidan so‘ng undan qon kelmasa ham, aksar ulamolar nazdida unga g‘usl vojib bo‘ladi («Muhit»).

Savol: G'usl qilishdan oldin old va orqa yo‘llarniagar hojatga bormagan bo‘lsa hamyuvish kerakdeb eshitdim.

Shundaymi?

JavobHa. G'usl qilishdan oldin hojatga bormagan bo‘lsa ham, old va orqa yo‘llarni yuvib, so‘ng tahorat qilish g‘uslning sunnatidir («Bahrur-roiq»).

Savol: Hojatga borgandan so‘ng suv bilan istinjo qilganda barmoqda hid qolsaistinjo tugalbo‘ladimi?

JavobSuv bilan istinjo maq'adda va barmoqda imkon qadar hid qolmaguncha qilinishi kerak. Buning uchun istinjo asnosida barmoqni bir necha bor yerga ishqab olish lozim bo‘ladi. Barmoq va maq'adda hid qolmagach, istinjo tugal bo‘ladi («Durrul-muxtor»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.