G'usl qanday qilinadi?
Savol: Hammamiz g‘usl qilish zarurligini bilamiz, ammo ko‘plarimiz uning shartlari, tartiblari vaodoblaridan bexabarmiz. Shu haqda to‘laroq ma'lumot bersangiz.
Javob: G'uslning uch farzi bor:
1. Og‘izni halqumgacha chayish;
2. Burunni achitib chayish;
3. Butun badanni yuvish.
G'usl tartibi quyidagicha: badanga maniy tekkan bo‘lsa, avval yuvib ketkaziladi. So‘ngra suv bilan istinjo qilinadi - oldi va orqa yo‘llar yuviladi va tahorat qilinadi. Yuvinadigan joyda suv to‘planadigan yoki oyoq loy bo‘ladigan bo‘lsa, tahoratda oyoqlar yuvilmaydi, g‘usl so‘ngida yuviladi. Keyin boshdan uch bor suv quyiladi. Bosh uch bor yuvilgach, o‘ng va chap yelkalardan ham uch martadan suv quyilib, butun a'zoi badan yuviladi. G'uslda badandagi biror tukning ham ostiga suv yetmay qolmasligi kerak. Birinchi suv quyganda badanni ishqalash sunnatdir.
Qo‘shilish payti ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, yuvinayotganida uni tarqatish shart emas. Sochlarining tagiga suv yetkazilsa kifoya. Ammo sochlari o‘rilmagan holatda qo‘shilishsa, erkaklar kabi sochlarini ham to‘la yuvishlari lozim. Ayollar g‘usl paytida quloqdagi sirg‘a va qo‘llaridagi uzuklarini qimirlatib, ular o‘rniga suv yetkazishlari zarur.
Agar badanga (sochga, tirnoqqa...) suv yetkazishga mone'lik qiluvchi bo‘yoq kabi narsalar surilgan bo‘lsa, g‘usldan oldin ularni ketkazish shart, aks holda g‘usl o‘rniga o‘tmaydi. Shuningdek, tishlar orasidagi ovqat qoldiqlarini ham tozalash kerak. Kindik kovagiga suv yetkazishni esdan chiqarmaslik zarur.
G'uslda qiblaga yuzlanib yuvinish sunnatga xilofdir. G'usl asnosida gapirish odobsizlikdir. Avrat yopilib g‘usl qilinadi.
G'usl vojib bo‘lgan kishilar Qur'oni karim tilovat qilishlari, oyatlarini yozishlari va masjidga kirishlari mumkin emas.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.