G‘usl hisobga o‘tishi uchun qaysi tartibda olinishini kerak?
Savol: G‘uslni lozim qiladigan holatlarni bilaman, ammo g‘usl hisobga o‘tishi uchun qaysi tartibda olinishini yaxshi bilmayman. Shu haqda ma'lumot berolmaysizlarmi?
Javob: Islom tom ma'noda poklik dinidir. U insonning botini va zohirining pokligiga birday e'tibor beradi. Poklikni imonning teng yarmi deb qayd etib, iflosliklardan tozalanishni barcha mo‘minlarga farz qilgan. Ig‘vo, hasad, tuhmat, yolg‘onchilik, fitna, g‘iybat kabi ichki (botiniy) iflosliklardan poklanishning sharti tavbai nasux (gunohga aslo qaytmaslikka jazm) bo‘lsa, tashqi (zohiriy) iflosliklardan poklanish g‘usl (cho‘milish) bilan bo‘ladi. Uzrli hollarda tayammum ham g‘usl o‘rniga o‘tadi.
Besh holdan so‘ng:
1) jinsiy aloqa; 2) shahvat bilan maniy (urug‘) chiqishi; 3) ehtilom (uyquda bulg‘anish); 4) hayz va 5) nifosdan so‘ng g‘usl qilish farzdir.
Juma, arafa hamda ikki hayit uchun, shuningdek, haj yo umraga ehrom bog‘lash oldidan g‘usl qilish sunnatdir («Majmaul fatovo»).
G‘usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G‘uslning uch farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas («Hidoya»).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.