background
logotype
image1 image2 image3

Oilada er va xotinning vazifalari nimalardan iborat?

Savol: Oilada er va xotinning vazifalari nimalardan iborat?

Javob: Erning vazifalari quyidagilar:

1. Ayolning mahrini berish. Nikoh aqdi tuzilayotganda mahr unutilsa ham, ayol unga haqli bo‘laveradi.

2. Nafaqa. Sahih uylanish bitimi erni xotinning asosiy ehtiyojlarini qondirishga burchli qiladi.

3. Birdan ziyod uyli bo‘lsa, o‘rtalarida adolat qilish.

4. Tinch-totuv yashash, yaxshi muomalada bo‘lish.

Xotinning vazifalari quyidagilar:

1. Turmushga chiqqan xotin eridan boshqaga haromdir. Boshqa bilan nikohdan o‘tmaydi.

2. Xotin eridan shartlashgan mahrni olsa, uning uyiga boradi va unga bo‘ysunib, tobe bo‘ladi.

3. Islom joiz ko‘rgan holatlardan boshqasida faqat er izni-la tashqariga chiqishi mumkin.

4. Erining Islomga zid bo‘lmagan istaklarini ado etadi.

5. Erining Islom doirasidagi tarbiya haqqini qabul qiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.