Erning xotin zimmasidagi haqlari qaysilar?
Savol: Turmush qurganimizga o‘n bir yil bo‘ldi. Er-xotin ikkovimiz baxtli hayot kechirishgaharakat qilamiz. Lekin hozirgacha erning xotin zimmasidagi haqlari va xotinning erzimmasidagi haqlari nimalardan iborat ekanligini to‘la bilmaymiz. Iltimos, shu haqda hambatafsilroq ma'lumot bersangizlar.
Javob: Soliha ayol uyiga bog‘langan bo‘ladi, hojat bo‘lmaganida chiqmaydi, o‘z holini yaxshilash, uyini tartibga keltirish, bolalarini tarbiyalash, oilasini baxtiyor qilish uning maqsadi bo‘ladi. Namozlarni vaqtida ado etadi. Ramazon oyida ro‘za tutadi. Allohni yodidan chiqarmaydi. Alloh taolo bergan nasibasiga qanoat qiladi.
Xotin erining haqlarini bilib, ularni ado qilganidagina soliha xotin bo‘ladi. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilardir:
1. Xotin erining haqqini o‘z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham oldinga qo‘yishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi juda kattadir.
2. Hayz va nifos kunlaridan boshqa barcha holda eri undan orom va lazzat olishni istagan paytda tayyor bo‘lishi lozim. Eriga to‘sqinlik qilish, erining u bilan qo‘shilish istagini har qanday vaqtda qaytarishi mumkin emas. Agar erining rag‘batiga javob bermasa, gunohkor bo‘ladi. Farishtalar uni la'natlaydi. Bu haq erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlaridan biridir. Zero, xotin erining unga to‘shakdagi ehtiyojini o‘ylashi ikkisi ham baxtli bo‘lishlarining asosiy omilidir. Shuningdek, ayolning xotinlik mas'uliyatini bilmasligi, erining bu haqqiga e'tibor qilmasligi kulfat, janjalga sabab bo‘ladi, ko‘p holda ajralishga olib boradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar: «Agar xotin erining to‘shagidan ayrilib uxlasa, tong otguncha uni farishtalar la'natlaydi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
3. Xotin eridan ruxsat olmay, nafl ro‘za tutishi mumkin emas. Chunki ro‘za bahra olishga to‘siqdir. Ayol nafl ro‘za tutsa, eri u bilan kunduz kuni qo‘shilolmaydi. Qo‘shilish erininghaqqidir.
4. Xotin erining uyidan uning ijozatisiz biror narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas. Agar bersa, xotinga gunoh, erga savob bo‘ladi. To‘g‘ri, faqat taomidan buzmay, sadaqa qilsa bo‘ladi.
5. Xotin eridan ruxsat olmay uydan chiqishi, uydan boshqa joyda ishlashi mumkin emas. Eri istamasa, ayollar bilan aralashmasligi kerak.
6. Xotin Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Maishat qiyinchiligi yo hol nochorligi uchun g‘azablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat ko‘rsatib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga o‘tishidan qo‘rqib, undan hojatdan ortig‘ini talab qilmasligi darkor. Erini ham qanoatga undab, harom yo‘llardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz (Alloh taolo ularni rahmatiga olsin) erlarini kuzatayotib shunday derdilar: «Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo otashga chidayolmaymiz».
7. Xotin avratini berkitishi, ruxsorini mahramlaridan boshqaga ochmasligi bilan o‘zini saqlashi lozim. Ayolning yalang‘ochlanishi, kiyimlarini eridan o‘zgaga yechishi, kalta va shaffof kiyimlar kiyishi haromdir. Bunda katta buzuqlik bo‘ladi.
8. Xotin erining do‘stiga notanishdek bo‘lishi lozim. Eri uyida bo‘lmaganida uning do‘sti eshik qoqsa, o‘zi va eriga rashk qilib, u bilan so‘zlashmasin. Zero, kishi do‘stining xotini bilan tanishar ekan, bu hol rashk va fitnaga sabab bo‘ladi.
9. Xotin go‘zalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk bo‘lsa, yomon ko‘rmasligi, agar boy bo‘lsa, eri oldida moli bilan g‘ururlanmasligi kerak. Balki er tomonini nazarga olishi, uni hurmat qilishi va qadrlashi lozim.
10. Xotin farzandlariga rahm qilishi, ularni hurmat qilishi, farzandlarni urishib la'natlashdan, eriga yuzsizlik bilan murojaat qilishdan tilini tiyishi, uning xizmatlari va marhamatlarini inkor etmasligi kerak. Bu juda muhim, oz ayollargina rioya etadigan xislatdir. Zero, ayollar bolalarni la'natlash, eridan ozgina yomonlik sodir bo‘lgani uchun uninghamma yaxshiliklarini inkor etish bilan mashhurdir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.