background
logotype
image1 image2 image3

Er va xotin haqlari

Savol: Erni xotindan oldinga qo‘yish ayol haqlarini poymol etish bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q. Balki ayolni otasi va eriga bo‘ysunmaslikka chaqirish ayolni va jamiyatni buzish bo‘ladi. Ayol ota va er qaramog‘ida bo‘lsa, uning haqlari qanday poymol bo‘ladi?!

Hamma xalqlar ham tarixlar osha boshqaruvchi hokimiyatga bo‘ysunib keladi.

 

Savol: Xotin xato qilganida, masalan, taomni yaxshi hozirlamagani uchun uni urish mumkinmi?

Javob: Yo‘q, mumkin emas, aksincha, unga yordamlashib, yaxshi tayyorlash yo‘lini o‘rgatish kerak.

 

Savol: Deylik, ibodatli ayol nafl namoz, ro‘za va zikrlarni kanda etmaydi, biroq erining haqlarida beparvolik qiladi. Bu ayol tutgan yo‘l to‘g‘rimi?

Javob: Bu ayolning tutgan yo‘li xato. U farz ibodatlardan boshqa vaqtlarda erining haqqiga rioya etishga buyurilgan. Shuning uchun erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutolmaydi. U erining haqqini ado etishi kerak. Bu ham toat hisoblanadi va unga ajr oladi.

 

Savol: Xotini yoki qizining harom ish qilayotganini ko‘rib indamagan, qaytarmagan erkakning hukmi nima?

Javob: Bunday erkak dayusdir. Sharafi, g‘ururi va qadri yo‘q insondir. Nomus to‘kilganida churq etmay va jahli chiqmay turish dayuslik belgisidir. Bundaylar, afsuski, ko‘p.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.