background
logotype
image1 image2 image3

Agar er xotindan bezanib yurishni, begonalar oldida sochini ochib yurishni talab qilsa...

Savol: Agar er xotindan bezanib yurishni, uyidan boshqa joylarda, begonalar oldida sochini ochib yurishni talab qilsa, xotin unga bo'ysunishi kerakmi? Agar bo'ysunmasa, taloq bilan qo'rqitsa-chi?

Javob: Yo'q, u erning bunday talabiga bo'ysunishi mumkin emas. Zero, Xoliqqa gunohkor bo'lib, maxluqqa itoat etilmaydi. Erning taloq bilan qo'rqitishi ayolni mas'uliyat va gunohdan xalos etmaydi. Agar erning bunday johilona talablarini bajarsa, ayol ham, eri ham gunohkor bo'ladi. Erning gunohi xotinning gunohidan ko'proq bo'ladi. Agar bu er ayollarning iffatlarini saqlab kiyinib yurishlarini madaniyatsizlik va yomon odat deb hisoblasa, dinda zarur deb bilingan shar'iy hukmlarni pisand etmagani uchun kofir bo'ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.