background
logotype
image1 image2 image3

Taroveh qanday ado etiladi?

SavolYaqinda ramazon oyi kiribtarovenamozi boshlanadiTarovenamozini o‘qishga doir masalalarni bilmoqchi edim.

JavobTaroveh namozini o‘qish erkak va ayolga sunnati muakkadadir. Taroveh namozi ramazon oyida xufton namozidan so‘ng, vitr namozidan oldin o‘qiladi. Taroveh yigirma rakatdir. Har ikki rakatdan so‘ng salom beriladi. Har ikki salomdan so‘ng, ya'ni to‘rt rakatdan keyin va vitr namozi bilan taroveh namozining oxirgi salomi o‘rtasida bir oz orom olinadi. Bu mustahabdir. Bu vaqtda tasbeh aytish yo qiroat qilish yoki tek o‘tirish mumkin.

Taroveh namozini jamoat bilan o‘qish erkaklarga sunnati kifoyadir. Taroveh namozining bir necha qismiga kechikib jamoatga qo‘shilgan kishi vitr namozini jamoat bilan o‘qigach, tarovehning qolgan rakatlarini o‘zi o‘qib oladi.

Turib o‘qishga qodir kishi taroveh namozini o‘tirib o‘qishi makruhdir. Shuningdek, imom ruku'ga borguncha unga iqtido qilmay, kutib turish ham makruh bo‘ladi. Taroveh namozini tez o‘qish niyatida shoshib qiroat qilinmaydi, ta'avvuz, tasmiya, salovot, qavma va jalsa tark etilmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.