background
logotype
image1 image2 image3

Qaysi namozdan so‘ng imom qavmga yuzlanib duo qiladi?

Savol: Qaysi namozdan so‘ng imom qavmga yuzlanib duo qiladi?

Javob: Peshin, shom va xuftonning farz namozlarini o‘qib bo‘lgach, sunnat namozini o‘qishga tezda turish sunnatdir. Imom sunnat namozlarini farz namozlarini ado qilgan joyidan o‘ngga yo chapga yo ortga o‘tib o‘qiydi. Imom bomdod va asr namozlarini o‘qib bo‘lgach, agar kechikib kelib, namoz o‘qiyotganlar bo‘lmasa, qavmga qarab o‘tirgan holda duo qiladi. Namoz o‘qiyotganlar orqa safda bo‘lsa ham, imomning to‘g‘risida turgan bo‘lishsa, ularga yuzlanib duo qilmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.