background
logotype
image1 image2 image3

Qaysi hollarda iqtido nojoiz?

Savol: Yaqinda safar chog‘ida bir jamoatga qo‘shilib namoz o‘qidik. Imomlikka o‘tganning qiroati qoniqtirmadi, vaholanki, oramizda qorilar bor edi. Qorining omiga iqtidosi to‘g‘ri bo‘ladimi? Umuman, qaysi hollarda imomga ergashish nojoiz sanaladi?

Javob: Quyidagi hollarda imomga iqtido qilish nojoiz, ya'ni mumkin emas, deb hisoblanadi:

- erkak kishining ayol va go‘dak bolalarga iqtido qilishi;

- sog‘lom kishining uzrli (tahoratni sindi-ruvchi dardi bor) kishiga iqtido qilishi;

- qori kishining omi kishiga iqtido qilishi;

- kiyimdagi kishining yalang‘och kishiga iqtido qilishi;

- namozni yetuk holda ado etuvchi (ruku', sajdalarini tom qiluvchi) kishining ruku' va sajdalarni ishora bilan qiluvchi kishiga iqtido qilishi;

- farz namoz o‘quvchining nafl namoz o‘qiyotgan kishiga iqtido qilishi;

- o‘z vaqtdagi farz namozini o‘qiyotgan kishining qazo farz namozini o‘quvchiga iqtido qilishi mumkin emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.