background
logotype
image1 image2 image3

Namozni qayta o‘qiydimi?

SavolMasbuq, ya'ni jamoatga bir yoki ikki rakatdan keyin iqtido qilgan kishi imom bilanqo‘shilib salom berib yuborsanamozni boshidan qayta o‘qishi lozimdeb eshitdimShuhaqdabatafsilroma'lumot bersangiz.

JavobMasbuq adashib, imom bilan qo‘shilib salom berib yuborsa, namozi buzilmaydi. Agar qasddan imomga qo‘shilib salom bersa, namozi buziladi. Bu esa shunday farqlanadi: jamoat namoziga kechikib qo‘shilgani va qoldirgan rakatlarini o‘qishi lozimligi yodida bo‘lib, «Imom bilan qo‘shilib salom berish kerak», deb salom bersa, qasddan salom bergan bo‘ladi va namozi buziladi.

Agar qoldirgan rakatlari esida bo‘lmay, imomga qo‘shilib salom berib qo‘ysa va shu zahoti adashganini anglasa, turib qoldirgan rakatlarini o‘qiydi. Adashib salom berib qo‘yganidan keyin namozni buzuvchi amallar qilib qo‘ysa, namozni boshidan qayta o‘qiydi («Fatovoi Olamgiriyya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.