background
logotype
image1 image2 image3

Namozni qanday tugatishadi?

SavolAsr va shom namozlarida jamoatga oxirgi rakatda qo‘shilgan namozxonlar namozlarini qanday tugatishadi?

JavobUlar imom bilan birga bir rakat o‘qiganlaridan keyin qa'dada imom salom bergunicha o‘tirishadi (agar qoldirgan rakatlarini o‘qishga turganlarida oldilaridan odamlarning kesib o‘tish xavfi bo‘lsa, tashahhudni o‘qiboq, qoldirgan rakatlarini o‘qishga turishlari mumkin). Turgach, imomga iqtido qilganlarida sano o‘qishmagan bo‘lsa, sano o‘qishadi, so‘ngra ta'avvuz («A'uzu billah...») va tasmiya («Bismillah...») aytib, Fotihani va yana bir surani o‘qiydilar. Ruku' va sajda qilib, qa'dada o‘tiradilar va tashahhud o‘qiydilar. So‘ngra turib, faqat tasmiya aytib, Fotihani va yana bir surani o‘qiydilar. Agar shom namozi bo‘lsa, qa'dada o‘tirib tashahhud, salovot va duo o‘qib salom berishadi. Agar asr namozi bo‘lsa, qa'dada o‘tirmay, qiyomga turadilar. So‘ng faqat tasmiya aytib, Fotiha surasinigina o‘qiydilar. Ruku' va sajda qilib, qa'dada o‘tiradilar, unda tashahhud, salovot va duo o‘qib, salom beradilar hamda namozlarini tugatadilar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.