background
logotype
image1 image2 image3

Namozni masjidda jamoat bilan o‘qish nima bilan sobit bo‘lgan?

Savol: Namozni masjidda jamoat bilan o‘qish nima bilan sobit bo‘lgan?

Javob: Sog‘lom, balog‘atga yetgan, aqlli erkaklarga besh vaqtdagi farz namozlarini jamoat bilan o‘qish sunnat bilan sobit bo‘lgan vojibdir. Munofiqlargina jamoatdan o‘zini tortadi. Jamoatga bormay, namozni doimo tanho o‘qiydigan kishining guvohligi shar'an qabul qilinmaydi.

Jamoat namozida farz namozi bir kishiga (imomga) ergashib o‘qiladi. Imom oldinda, qolganlar uning ortida saf tortib o‘qiydilar. Dinimizda barcha musulmonlarning ilmli, ma'rifatli bo‘lishlari farz bo‘lganidan, har bir musulmon imom bo‘lishi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.