background
logotype
image1 image2 image3

Masjidda peshin namozining farzini yolg‘iz o‘qiyotganda jamoat to‘planib qolsa, nimaqilish kerak?

SavolMasjidda peshin namozining farzini yolg‘iz o‘qiyotganda jamoat to‘planib qolsanimaqilish kerak?

JavobAgar peshin namozi farzining bir rakatini o‘qib qo‘ygach, jamoat hozir bo‘lib qolsa, yana bir rakat qo‘shib o‘qib, ikki rakat qilib salom beradi. So‘ng imomga iqtido qilib jamoatga qo‘shiladi. Agar birinchi rakatda hali sajda qilmagan bo‘lsa, salom berib namozdan chiqib, imomga iqtido qiladi. Agar uch rakat o‘qib qo‘ygach, so‘ng jamoat hozir bo‘lib qolsa, namozini tamomlab salom beradi. Namozini tugatgach, imomga nafl niyatida iqtido qiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.