background
logotype
image1 image2 image3

Masjidda gaplashish mumkinmi?

SavolMasjidda dunyo so‘zini gaplashish mumkin emasdeyishadiDemakgaplashishmumkin emas ekan-da?

JavobMusulmonlar masjidlarda dunyo so‘zini gaplashishdan qaytarilganlar. Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaqinda oxir zamon qavmlari chiqadiki, ularning so‘zlari masjidlarida bo‘ladi. Alloh ular bilan hech bir hojatda bo‘lmas», dedilar» (Ibn Hibbon rivoyati).

«Fatavoyi Olamgiriya»da «Masjidda dunyoning (muboh) so‘zlarini gapirish haromdir», deyilgan.

«Fathul qodir» kitobida «Masjidda dunyo so‘zlarini gapirish xuddi olov o‘tinni kemirgani kabi hasanotlarni yeydi», deyilgan.

Imom juma namozi va ikki iyd (hayit) xutbalarini o‘qiyotgan vaqtda umuman so‘zlashib bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Juma kuni imom minbarda xutba qilib turganida unga quloq solish o‘rniga gapirib o‘tiruvchi odam bamisoli ustiga kitob ortilgan eshak kabidir. Shunday odamga jim o‘tir, deb ogohlantirgan odamning esa juma namozi qabul bo‘lmaydi», dedilar.

Shuningdek, yo‘qolgan narsalar, marosimlar e'lonini ham masjidda qilmaslik lozim. Jobir roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi kelib masjidda yo‘qolgan narsasini e'lon qildi. Shunda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam topa olmagin, deb duo qildilar».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.