Jamoatga imom bo‘lishga kimlar haqliroq bo‘ladi?
Savol: Jamoatga imom bo‘lishga kimlar haqliroq bo‘ladi?
Javob: Jamoat namozida namoz bir kishiga (imomga) ergashib o‘qiladi. Imom oldinda, qolganlar uning ortida saf tortib o‘qiydilar. Dinimiz hamma musulmonning ilmli-ma'rifatli bo‘lishini taqozo qilganidan har bir musulmon imom bo‘lishi mumkin. Lekin bu sharafga kim haqliroq? Bu masala shunday hal qilingan: imom bo‘lishga birinchi haqdor namoz masalalarini puxta bilgan kishidir. Bu darajaga yetganlar ko‘pchilik bo‘lsa, ulardan qiroat ilmiga mohirrog‘i imomlikka o‘tadi. Bu sohada ham teng bo‘lishsa, taqvosi kuchli bo‘lganlari imom bo‘ladi. Bunda ham o‘rtalarida farq bo‘lmasa, yoshi ulug‘i imom bo‘ladi.
Imomlikka haqli odam turib boshqaning imom bo‘lishi, jamoat yoqtirmagan kishi imom bo‘lishi makruh. Ammo jamoat orasida imomlikka undan boshqa haqdor topilmasa, makruh emas.
Tayammum qilish, mahsiga yo jarohatga mash tortish, shuningdek, o‘tirib ruku' va sujud qilish imomlikka haqdorligini ketkazmaydi.
Nafl namozini farz namozini o‘qiyotgan kishiga iqtido qilib o‘qish mumkin. Yosh bola hech bir namozda balog‘atga yetganlarga imom bo‘lishi mumkin emas. Uzrli kishining ham uzri yo‘qlarga imom bo‘lishi nojoiz. Tanho namoz o‘quvchi namozga qanday niyat qilsa, imom ham shunday niyat qiladi. Qavmlar esa jamoat namozida imomga iqtido qilganlarini ham niyat qilishlari kerak.
Imom bomdodning farz namozida, shom va xufton farzlarining oldingi ikki rakatida qiroatni ovoz chiqarib qiladi. Peshin va asr namozida qiroatni ichida qiladi. Imom barcha namozda birinchi rakatda ikkinchi rakatga ko‘ra uzunroq qiroat qiladi. Imomga iqtido qilgan kishi qiroat qilmaydi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.