background
logotype
image1 image2 image3

Jamoat namoziga kechikilganda...

SavolBa'zan masjiddagi jamoatga ulgurmaykech qolamizNamozga kechikib qo‘shilganlarnamozni qanday tugatadilar?

JavobJamoat namoziga bir yo undan ortiq rakat o‘tkazib qo‘shilgan kishi masbuqdir. Masbuq imom namozni salom berib tugatguncha unga ergashib namoz o‘qiydi. Imom salom berganidan so‘ng qoldirgan rakatlarini o‘qishga turadi va sano o‘qiydi, taavvuz va tasmiya aytadi. Masalan, uch va to‘rt rakat farz namozlarning oxirgi bir rakatida imomga iqtido qilgan kishi qoldirgan rakatlarni quyidagicha o‘qiydi: imom salom berganidan so‘ng u turib sano o‘qiydi, taavvuz va tasmiya aytib, Fotiha surasini va yana bir surani o‘qiydi. Ruku' va sajda qiladi va o‘tirib tashahhud o‘qiydi. So‘ng turib tasmiya aytib, Fotiha surasini va yana bir surani o‘qiydi. Ruku' va sajda qiladi. Agar namoz uch rakatli bo‘lsa, o‘tirib tashahhud, salovot va duo o‘qib, namozini tugatadi. Agar namoz to‘rt rakatli bo‘lsa, o‘tirmay, qiyomga turadi va faqat Fotiha surasini o‘qiydi, ruku' va sajda qilib, so‘ng o‘tiradi. Tashahhud, salovot va duo o‘qib, namozini tugatadi. Masbuq uch holda imomning salomini kutmay, tashahhud miqdoricha o‘tirgach, qoldirgan rakatlarini o‘qishga turishi mumkin:

- namoz vaqti o‘tayotgan bo‘lsa;

- mash muddati tugayotgan bo‘lsa;

- oldidan kishilarning kesib o‘tishi xavfi bo‘lsa.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.