background
logotype
image1 image2 image3

Jamoat namozi boshlanganida, o‘qib turgan namozini oxiriga yetkazmay jamoatga qo‘shilish kerakmi?

Savol: Jamoat namozi boshlanganida, o‘qib turgan namozini oxiriga yetkazmay jamoatga qo‘shilish kerak, deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Bu masala siz qanday namozni o‘qiyotganingizga va nechanchi rakatda ekaningizga qarab hal etiladi. Avvalo, bu o‘rinda jamoat namozining boshlanishi, deyilganida muazzinning iqomatini emas, balki imomning takbiri tahrima aytishini tushunmoq kerak. Agar siz nafl namoz, yo peshin va jumaning to‘rt rakat sunnat namozlarini o‘qiyotganingizda imom farz namozini boshlab, takbiri tahrima aytsa ham, o‘qiyotgan namozlaringizni oxirigacha o‘qib tamom qilasiz. («Muhiti Saraxsiy»). So‘ng imomga iqtido qilasiz. Agar bomdod yo shomning farz namozlarini boshlaganingizda yo bir rakat o‘qib, ikkinchi rakatga turganingizda, jamoat hozir bo‘lib, imom takbiri tahrima aytsa, turgan holingizda salom berib, o‘qiyotgan namozingizni to‘xtatasizda, jamoatga qo‘shilasiz. Peshin, asr va xuftonning farz namozlarida, mazkur holatda, ikki rakatni to‘la o‘qib, salom berasiz. So‘ng imomga ergashasiz. Bu uch vaqt farzining uch rakatini o‘qigan bo‘lsangiz, ularni oxirigacha o‘qiysiz, ya'ni, to‘rt rakatni to‘la ado etasiz. Keyin peshin va xuftonda nafl namoziga niyat qilib, imomga ergashasiz. Asr farzidan so‘ng nafl namoz o‘qish makruhligidan bu paytda imomga iqtido qilmaysiz.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.