background
logotype
image1 image2 image3

Imom va jamoat

SavolAlhamdulillah, imkon qadar namozimni jamoat bilan o‘qiymanBitta savol chiqib qoldi:imomlikka o‘tadigan kishilarga qanday shartlar qo‘yilganUmumanimom bilan iqtido qiluvchio‘rtasidagi munosabatlarda nimalarga ko‘proe'tibor berish lozim?

JavobImomlik va jamoatning shartlari quyidagilar:

1. Balog‘atga yetgan bo‘lmoqligi. Balog‘atga yetgan kishining go‘dakka iqtido qilishi durust emas.

2. Erkak kishi bo‘lmoqligi. Ayol kishining erkak kishiga imom bo‘lmoqligi durust emas.

3. Imomning qiroati tajvid talablariga muvofiq bo‘lishi.

4. Imomning siydik tomib turishi, yel chiqib turishi, doimiy qon oqib turishi kabi uzrli holatlardan salomat bo‘lishi.

5. Imomga iqtido qiluvchi safda imomdan oldinga o‘tib ketmasligi. Bu ham iqtidoning shartlaridandir.

6. Iqtido qiluvchining imomga ergashishni niyat qilishi. Agar imom ayollarga imomlik qilsa, ularga imomlik qilayotganini niyat qilishi vojibdir.

7. Farz namozni o‘quvchi nafl o‘qiyotgan kishiga, ruku', sajdaga qodir kishi imo-ishora bilan o‘quvchiga, bir farzni o‘qiydigan kishi boshqa farzni o‘qiyotganga iqtido qilmoqligi durust bo‘lmaydi. Shuningdek, qiroati tajvidga muvofiq kishi qiroati buzuq kishiga, kiyimli kishining yalang‘ochga iqtido qilishi joiz emas. Lekin tayammum qilgan kishi tahoratlilarga, mahsiga yoki yarasiga mash tortgan kishi mash tortmay, oyoqlarini yuvgan kishilarga imom bo‘lishi durustdir.

8. Imom bilan imomga ergashuvchining o‘rtasida imomning nima qilayotganini to‘sib, imom ahvolidan shubhaga soladigan to‘siqning bo‘lmasligi.

9. Imomga ergashuvchi imomning tahoratini singan, deb bilmasligi ham shart. Imomning tahoratsizligini, masalan, qon oqqan yoki boshqa narsani bilgan kishining shu imomga iqtido qilishi joiz emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.