background
logotype
image1 image2 image3

Imom bo‘lishga kim haqliroq?

Savol: Imom bo‘lishga kim haqliroq?

Javob: Imom bo‘lishga birinchi haqdor namoz masalalarini puxta bilgan kishidir. Bu darajaga yetganlar ko‘pchilik bo‘lsa, ulardan qiroat ilmiga mohirrog‘i imomlikka o‘tadi. Bu sohada ham teng bo‘lishsa, yoshi ulug‘i imom bo‘ladi.

Imomlikka haqli odam turganida boshqaning imom bo‘lishi makruhdir. Jamoat yoqtirmagan kishining imom bo‘lishi ham makruh. Ammo jamoat orasida imomlikka undan boshqa haqdor bo‘lmasa, makruh bo‘lmaydi.

Tayammum qilish, mahsiga yo jarohatga mash tortish, shuningdek, o‘tirib ruku' va sajda qilish darajasidagi zaiflik kishining imomlikka haqdorligini ketkazmaydi.

Nafl namozni farz namozni o‘qiyotgan kishiga iqtido qilib o‘qish mumkin. Yosh bola hech bir namozda balog‘atga yetganlarga imom bo‘lishi mumkin emas. Uzrli kishi ham uzri yo‘q odamlarga imom bo‘laolmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.