background
logotype
image1 image2 image3

Bir masjid hovlisida odamlar bir necha guruhlarga bo‘linib juma namozini o‘qiydilar...

Savol: Havo issiq kunlari juma namoziga kelganlar qaerda bir soya joy ko‘rishsa, darhol joynamoz tashlab, namozga saf tortib olaverishadi. Natijada bir masjid hovlisida odamlar bir necha guruhlarga bo‘linib juma namozini o‘qiydilar.

Javob: Bu hol makruhdir. Masjidga soyalanish uchun emas, Allohga qullik qilish uchun keladilar. Shunday ekan, Alloh rozi bo‘lgan tartibda namozni ado etish zarur. Saflarning to‘g‘ri holatda bir-biriga ulashuvi esa, Alloh rozi bo‘ladigan amallardan hisoblanadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.