background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zi namozxonlar xufton namozidan so‘ng vitr o‘qimay masjiddan chiqib ketishadi. Shu to‘g‘rimi?

Savol: Ba'zi namozxonlar xufton namozidan so‘ng vitr o‘qimay masjiddan chiqib ketishadi. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Vitr namozining vaqti qizil shafaq yo‘qolgach xufton namozidan so‘ng tong otgunchadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Kechaning oxirida uyg‘ona olmay vitr namozini qoldirishdan qo‘rqqan vitrni kechaning avvalida o‘qisin, kechaning oxirida uyg‘onishga ko‘zi yetgan vitrni kechaning oxirida o‘qisin. Zero, kechaning oxiridagi o‘qish afzaldir», deb marhamat etganlar. (Imom Muslim va Termiziy rivoyati)

Xufton namozining sunnatini o‘qib masjiddan chiqib ketuvchilar shu fazilat umidida bo‘lishsa kerak.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.