background
logotype
image1 image2 image3

Azon va iqomatning nima farqi bor? Iqomatni yurgan holda ham aytish joizmi?

SavolAzon va iqomatning nima farqi borIqomatni yurgan holda ham aytish joizmi?

JavobIqomat ham aynan azon kabidir. Biroq iqomatda «Hayya ‘alal falah» jumlasidan so‘ng «Qod qomatis solah» jumlasi ikki bor qo‘shib aytiladi.

Muazzin namoz vaqtlarini, sunnatni yaxshi biluvchi, solih va taqvodor kishilardan bo‘lishi lozim.

Iqomatda barmoqlar quloqqa tiqilmaydi, azonga nisbatan tezroq aytiladi. Uning jumlalari orasida tin olinmaydi. Iqomat ham azon kabi bir joyda turib aytiladi. Yurib yoki har xil harakatlar qilib turib iqomat aytish makruhdir. Muazzin iqomatning «Hayya ‘alas solah» jumlasini boshlaganida imom va qavm joylaridan turadilar. Bundan oldin tik turib olib namoz boshlanishini kutish makruhdir. Muazzin «Qod qomatis solah» jumlasini aytganida imom namozni boshlaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.