background
logotype
image1 image2 image3

Umra va haj uchun ehromga kirish tartibi qanday?

Savol: Umra va haj uchun ehromga kirish tartibi qanday? Qachondan ehromga kirilgan hisoblanadi? Ehromga kirgan insonga nimalar taqiqlanadi?

Javob: Umra yo haj ehromsiz ado qilinmaydi. Ehromning umra va haj amallaridagi o‘rni takbiri tahrimaning namozdagi o‘rniga teng.

Ehromga kirmoqchi bo‘lgan kishi tahorat yo g‘usl qiladi. G‘usl qilish yaxshiroqdir. Tirnoq va mo‘ylablarini qisqartiradi. Badanni olinishi lozim bo‘lgan tuklardan tozalaydi.

Erkaklar tikilgan kiyimlarini yechib, beldan pastini tizza bilan qo‘shib toza oq choyshab bilan o‘raydi. Ikki rakat namozdan so‘ng «Ilohim, men hajni (umrani) qasd qildim, uni menga oson et va qabul ayla», deb niyat qilgan holda talbiya («Labbaykallohumma labbayk...»ni) aytish bilan ehromga kirgan hisoblanadi. Talbiya aytmasa, ehromga kirgan bo‘lmaydi.

Ehromga kirgan inson jufti bilan jinsiy yaqinlikdan, gunohlarning barcha turidan, yo‘ldoshlari bilan tortishuvdan saqlanishi lozim. Shuningdek, jonivorlarni o‘ldirmaydi, tikilgan kiyimni mutlaq kiymaydi, badanini yog‘lamaydi yo xushbo‘y narsa surtmaydi, soch, mo‘ylab va tirnoqlarini olmaydi. Imkoni boricha talbiyani ko‘p aytadi («Hidoya»).

Ehromdagi inson haj yo umrani ado etayotib, bu qaytarilgan ishlarga qo‘l ursa, tegishlicha jonliq so‘yib yo sadaqa berish bilan jinoyatining kafforatini o‘tashi kerak.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.