background
logotype
image1 image2 image3

Haj mavsumida Saudiya Arabistonida hojilarga qanday qulaylik va xizmatlar tashkil etiladi?

Savol: Haj mavsumida Saudiya Arabistonida hojilarga qanday qulaylik va xizmatlar tashkil etiladi?

Javob: Avvalo, pojshoh Fahd ibn Abdulaziz o‘zining shaxsiy mablag‘i hisobidan hojilarga har yili 50 mln. litr yaxna suv ulashadi. Alloh mehmonlarini tashishga 7800 atrofida avtobuslar tashkil qilingan. Shuningdek, Saudiya aholi yo‘l ulovidan ham 1000 dan ortiq avtobus xizmat qiladi. Xaj mavsumi davomida 5362 o‘rinli 22 shifoxona, 137 tibbiy markaz uzuluksiz xizmat qilib turadi. Umuman, tibbiy yordam uchun 10.000dan ortiq xodim safarbar etilgan. Tez yordam mashinalari 428dan ortiq. Makka va boshqa muqaddas joylarga 1048ta telefon avtomat o‘rnatilgan. Madinaning o‘zida 480ta telefon avtomat xizmat qiladi. Haj davomida xojilarga turli kitoblar hamda Qur'on tilovati yozilgan audio kassetalar hadya qilinadi.

Har kuni hojilarga 1,5mln. dona non, 1mln. bo‘lak muz yetkazib turiladi. Tozalikni asrashga 23 ming kishi ajratilgan. Hojilarga 14 ming tahoratxona qurilgan.

Har yilgi haj mavsumida 30ga yaqin davlatga 500ming dona qurbonlik qo‘ylar tortiq etiladi.

Qurbonlikni ado etishga 300 nafar mol do‘xtirlari, 6000 qassob, 3000 yordamchi, shuningdek, hisob-kitob uchun 700 nafar bank xodimlari qatnashadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.