Xalq orasida har xil irim-sirimlar yuradi. Shariatimizning ularga munosaati qanday?
Savol: Xalq orasida har xil irim-sirimlar yuradi. Shariatimizning ularga munosaati qanday?
Javob: Xalq orasida qadimdan kelayotgan yoki boshqa xalqlardan o‘tib qolgan turli irim-sirimlarning borligi to‘g‘ri. Masalan, qorong‘ida yoki juma kuni tirnoq olib bo‘lmaydi, yo‘lingdan mushuk kesib o‘tsa orqaga qaytish kerak, supurgini tiklab bo‘lmaydi, 13 raqami - baxtsiz, ostona hatlab so‘rashib bo‘lmaydi, falon kunda falon ishni qilib bo‘lmaydi va hokazo. Bu irimlarda mutlaqo asos yo‘q.
Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilingan hadislarda «folchilik, irim-sirimlar butparastlik bilan barobardir», «Irim qiluvchi yoki irim qildiruvchi bizlardan emas», deyilgan.
Tirnoq olish. Avvalo shuni alohida ta'kidlash joizki, shariatda tirnoq olish uchun maxsus belgilab qo‘yilgan kun va vaqt yo‘q. Garchi shu mavzuga doir ko‘pgina hadislar mavjud bo‘lsa-da, ular tadqiqot asnosida mavzu' hadislar ekanligi aniqlangan. Tirnoq o‘sgan ekan, qaysi kun va qaysi vaqtdan qat'iy nazar olinaveradi.
Xalifa Xorun ar-Rashid imom Abu Yusufdan «Kechasi tirnoq olsa bo‘ladimi?» deb so‘raganlarida «Bo‘ladi», deya javob berganlar. Xalifa dalil so‘raganida, Abu Yusuf «Xayrli ishlar kechiktirilmaydi», degan asosli javobni berganlar. Qaysi kuni tirnoq olishga ham yuqoridagi dalillar kifoya.
Mushuk kesib o‘tishi. Bizningcha, qadimda xalqimiz orasida bunday irim bo‘lmagan. Ruslar orqali kirib kelgan, shekilli. Qarg‘ani qag‘illashini eshitib yo‘lidan qaytgan kimsa, tovushqon (quyon) yo‘lidan kesib o‘tganda yo‘lidan qolgan kishi ham kufrga ketgan, deb hisoblanadi. Aslida musulmon kishi har bir ish Alloh taolo irodasi bilan bo‘lishiga iymon keltiradi.Shu sababli yuqoridagi kabi holatlarni baxtsizlikdan ogohlantirish tarzida qabul etish mutlaqo mumkin emas. Bu islomiy e'tiqodga aslo to‘g‘ri kelmaydi. Rasululloh (s.a.v.): «Kasallik yuqmaydi (hech qaysi kasallik Allohning irodasisiz o‘zicha yuqmaydi), irim-sirim bema'nilik, boyqush baxtsizlik keltirmaydi va safar oyi bexosiyat emas», deganlar».
Xuddi shuningdek, sana va kunlarning ham baxtsiz yoki baxtlisi bo‘lmaydi. Allohning barcha kunlari bir xil. Uning irodasi va hukmisiz hech narsa sodir bo‘lmaydi, biror maxluq taqdiri ilohiydan qochib qutula olmaydi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.