background
logotype
image1 image2 image3

Nikoh kechasi xos so‘zlar bilan o‘qilgan iplar, tugunchaklar bilan kuyovning «yo‘li»ni bog‘lashadi..

Savol: Nikoh kechasi xos so‘zlar bilan o‘qilgan iplar, tugunchaklar bilan kuyovning «yo‘li»ni bog‘lab qo‘yishadi. Shular to‘g‘rimi?

Javob: Nikoh kechasi kuyovning «yo‘li»ni bog‘lab qo‘yish sehrning bir turidir. Sehr esa haromdir. U bilan shug‘ullanish mumkin emas. Qur'on va hadisda bu ishdan qaytarilgan. Sehrgarning jazosi o‘limdir. Ammo sehrlangan, afsun bilan «bog‘lab» qo‘yilgan kishilarni qaytariq qilishga shariatimiz ijozat bergan. Qatoda (r.a.) Said ibn Musayyabdan rivoyat qilishlaricha, «Rasululloh (s.a.v.) darddan xalos bo‘lmoqqa nafi tegadigan amallarni sira ham man qilmaganlar». Albatta bunda Qur'oniy duolarni o‘qib dam solish kabi shar'iy amallar ko‘zda tutilgan. 

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.