Ba'zilar xilvat joylarda, qorong‘ida yurganda jinlarning zarar yetkazishidan qo‘rqishadi...
Savol: Ba'zilar xilvat joylarda, qorong‘ida yurganda jinlarning zarar yetkazishidan qo‘rqishadi. Haqiqatdan ular odamga ta'sir o‘tkaza oladimi?
Javob: Mujohiddan rivoyat qilinishicha, jinlar insonlardan qo‘rqishadi. U kishi aytadilar: «Sizlar ulardan qo‘rqqaningizdek, ular ham sizlardan qo‘rqishadi. Shayton birortangiz undan qo‘rqaningizdan ko‘ra sizlardan qattiqroq qo‘rqadi. Ular sizga yo‘liqsa, undan qo‘rqmang, chunki bu holda u sizni minib oladi. Balki, unga tashlaning-ki u qochsin».
Ulamolarning aytishlaricha, jinlar insonlarga hasad qilarkan, ko‘zi tegishi mumkin ekan. Bundan asralish uchun esa ikki «qul a'uzu» suralarini o‘qib yurish zarur.
Jin va shaytonlar quyosh botganidan to tun zulmati cho‘kkunga qadar yer yuziga tarqaladi. Shuning uchun ulamolarimiz bu paytda chorvalarni va bolalarni qo‘yib yuborishdan qaytarganlar. Ota-bobolarimiz shuning uchun ham shom bo‘lishi bilan ko‘chada o‘ynayotgan farzandlarini uyga chorlashgan.
Abu Hurayraning (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Agar eshakning hangraganini eshitsangiz, shaytondan Alloh nomi bilan panoh tilang, chunki u shaytonni ko‘rgan bo‘ladi. Agar xo‘roz qichqirganini eshitsangiz, Allohning fazl-marhamatidan so‘rang, chunki u farishtalarni ko‘rgan bo‘ladi». (Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyati).
Ulamolarimiz jinlarga atab jonliq so‘yishdan qaytarishgan. Chunki bu - harom, Allohdan boshqaga atab so‘yilgani uchun shirk hamdir. Musulmon kishining jinga atab so‘yilgan go‘shtdan yeyishi joiz emas. Taassufki ba'zi kishilar jinlar bilan aloqador folbin va azayimxonlarning tavsiyasiga ishonib sehr yechdirish, jin chalgan kishini muolaja qildirish kabi ishlarni bajarish maqsadida shu ishlarni qilib kelishmoqda. Sahih hadisda Rasululloh (s.a.v.): «Allohdan boshqaga atab so‘ygan kishiga Allohning la'nati bo‘lsin», deganlar.
Jinlarning insonlarga ozor berishini allomalar rad etishmaydi. Jinlarning inson bilan o‘chakishib qolishiga uning o‘zi bilmagan holda jinlarga qaynoq suv sepib yuborishi, ular o‘tirgan joyga siyishi va shunga o‘xshash ozor berishlari sabab bo‘ladi. Jinlar ham o‘z o‘rnida ularga ozor berish bilan intiqom oladilar. Ammo ba'zi jinlar xuddi insonlar bir-birlariga zulm qilgani kabi hech bir sababsiz ham insonga ozor berishi mumkin.
Jinlarga sig‘inish, ulardan yordam so‘rash harom amallardandir. Chunki jinlarga sig‘inish shirk va kufrdir. Sehrgar va folbinlarning ishi esa jinlardan yordam so‘rashga asoslangan, bu eng og‘ir gunohlardandir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.