background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zilar folbinga borib, kelajaklari haqida fol ochirishadi. Shu to‘g‘rimi?

Savol: Ba'zilar folbinga borib, kelajaklari haqida fol ochirishadi. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Hozirgi paytda boshiga biror tashvish tushgan yoki biror narsasini yo‘qotgan ayrim kishilar darrov folbin huzuriga borib,fol ochtirishga, «issiq-sovuq» qildirishga, uning aytganlarini bajarishga o‘rganib qolishgan. Vaholanki bu ish Qur'oni karim hukmi va Rasululloh sunnatlari bilan man etilgan.

Qur'oni karimning ichkilik ichish, qimor o‘ynash va butlarga sig‘inish harom ekani haqidagi oyatida folbinlik ham sanalgan: «Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya'ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya'ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amallaridan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!» (Moida surasi, 90-oyat).

Kelajakni faqat Alloh biladi . Bu narsa Qur'oni karimda ko‘p takrorlangan.

Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: «Folbinga borib, undan fol ochishni so‘ragan va uning aytganlarini tasdiqlagan kimsa Muhammadga yuborilgan narsani inkor etgan bo‘ladi».

Hozirgi kunda keng tarqalgan kitobga, qartaga, suvga va boshqa narsalarga qarab fol ochish, shuningdek yulduzlarga qarab kelajakni aytish (munajjimlik) barcha-barchasi Qur'oni karimda ta'kidlangan  harom amallardan sanaladi. Bularni dinimiz taqiqlaydi. Folga ishongan kishi kofir bo‘ladi, dindan chiqadi. Rasulullohdan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, jinlar g‘ayb ishini (kelajakda nima bo‘lishini) bilmaganlari uchun bir yilgacha Sulaymon alayhissalomning o‘lganlarini bilmay, u zot uchun ishlayvergan ekanlar.Demak, folbinlarning «mening jinim undoq deyapti», «bobolarim bundoq deyapti» degan gaplari aldamchilikdan o‘zga narsa emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.