background
logotype
image1 image2 image3

«Shafoat»ni tushuntirib bering

Savol: Duolarimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiyomatda shafoatchi bo'lishlarini so'raymiz-u, ammo «shafoat» so'zining ma'nosiga ko'pda e'tibor qilavermaymiz. Shuni tushuntirib berolmaysizlarmi?

Javob: «Shafoat» so'zining «yonini olish», «qo'llab-quvvatlash», «homiylik qilish», degan ma'nolari bor. Shar'iy istilohda Alloh taolodan gunohkorlarning gunohini avf qilishini so'rash «shafoat», deyiladi. Alloh taoloning izni bilan payg'ambarlar, avliyolar, ulamolar va zohidlar qiyomat kuni shafoat qila oladilar. Ammo ular Allohning izni bilangina, U bergan izn chegarasidagina shafoat qila olishadi. Shafoat mo'min holida o'lgan osiy va gunohkor musulmonlarga bo'ladi.

Shafoat bir necha qismga bo'linadi. Bulardan ulkan shafoat faqat Payg'ambarimiz alayhissalomga xosdir. Bu shafoat bilan barcha xaloyiq mahshar dahshatidan xalos bo'lib, so'ng hisob qilinadi. Ba'zi qavmlarning jannatga hisob-kitobsiz kirishi uchun, gunohlari ko'pligi tufayli do'zaxga tushadigan ba'zi qavmlarni undan qutqarib qolish uchun, ba'zi gunohkorlarni do'zaxdan chiqarib olish uchun shafoatlar bor.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.