background
logotype
image1 image2 image3

Ravofizlar kimlar?

Savol«Ravofiz» so‘zi nimani anglatadiUmuman ravofizlar kimlarShu haqda ma'lumotbersangizlar.

Javob«Ravofiz» - «rofiz»ning ko‘plik shakli bo‘lib, «Rofiz» - rad qiluvchi, demakdir. Ravofizlar Islom dinini rad etganlari uchun ana shunday atalganlar («Tamhid»). Shayx Ahmad Badriddin Foruqiy (1564-1624) «Raddi Ravofiz» risolalarida ravofizlarning o‘n to‘rt firqasi nomini keltiradilar. Ular quyidagilar: saboiyya, komiliyya, bayoniyya, mug‘iriyya, janohiyya, mansuriyya, xattobiyya, g‘urobiyya, zammiyya, yunusiyya, mufavviziyya, ismoiliyya, zaydiyya va imomiyya.

Ravofiz firqalari ko‘pchiligining aqidasi Qur'oni karim oyatlariga, sunnati mutohharaga zid bo‘lganidan kufrdir. Ba'zilarining aqidasi ahli sunna val-jamoa aqidasiga ziddir. Masalan, zaydiyyalar aqidasi mo‘‘tazaliylar aqidasi kabidir. Ular fiqhiy masalalarda, bir necha masalani istisno qilganda, hanafiy mazhabi masalalariga amal qilishadi («Tamhid», «Raddi Ravofiz»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.