background
logotype
image1 image2 image3

Majusiylar ahli kitob sanaladimi?

Savol: Bir tanishim majusiylar ham ahli kitob sanaladi, deb qoldi. Uning gapida asos bormi?

Javob: Avvalo ahli kitob kimlar ekanini bilish zarur.  Shariatimizda Alloh taolo nozil etgan kitoblarga amal qilganlar "ahli kitoblar" deb aytiladi. Binobarin, yahudiylar va nasroniylar ahli kitobdir. Yahudiylar Tavrotga, nasorolar esa Injilga amal qiladilar.

Qur'oni karim oyatlarida yahudiylar va nasroniylar ahli kitob deb zikr etilgan. Qur'oni karimdan muqaddam Injil, Tavrot va Zabur nozil qilingandir. Ammo hozir yer yuzida Zabur ta'limotiga ergashadigan xalq yo‘q.

Majusiylarga kelsak, ular otashparast, butparast, sanamparast va jussaparast kishilardir ("Hidoya").

Majusiylarning samoviy kitoblari yo‘q. Shuning uchun ular olov, quyosh, oy, ba'zi bir hayvonlar va yulduzlarni iloh deyishib, ularga sig‘inishadi. Demak, majusiylar ilohiy kitoblarga ergashmaydigan qavmlardandir.

Ja'far ibn Muhammad rivoyat qiladilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarining oldilaridan o‘tayotganlarida ularning ichida Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu ham bor edilar. Shunday dedilar: "Mana bu qavmlar bilan, ya'ni majusiylar bilan nima qilishni bilmay turibman, bular arablardan ham va ahli kitoblardan ham emas" ("Tafsiri Qurtubiy").

Majusiylar to‘g‘risida ulamolarimiz quyidagi hukmda yaqdillar: "Majusiylar so‘ygan hayvonlarning go‘shti yeyilmaydi va ularning ayollariga uylanilmaydi, chunki ular ahli kitob emasdir".

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.