background
logotype
image1 image2 image3

Kimlar mujtahid sanaladi?

Savol: Bir kishidan «mujtahid» so'zining ma'nosini so'rasam, Islom dinini yaxshi biluvchi odam, degan javobni berdi. Lekin bu javobdan qoniqmadim. Kimlar mujtahid hisoblanadi?

Javob: «Mujtahid» so'zi lug'atda «maqsad talabida imkonini ishga soluvchi, ijtihod qiluvchi» ma'nosini bildiradi. Istilohda nafs tabiatidan ogoh, sergak, sog'lom zehn va kuchli fikr sohibi, Qur'oni karim ilmini, oyatlar ma'nolarini, hadis va uning ilmini mukammal egallagan, usul dalillari va shartlarini bilgan, roviylarning maqbul va mardudlarini ajrata olgan, sahobiy, tobe'in va boshqa mujtahidlarning so'zlari va qoidalaridan voqif olim «mujtahid» hisoblanadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.