background
logotype
image1 image2 image3

Ayol jannatda kim bilan yashaydi?

Savol: Agar kishi o‘lganidan keyin uning xotini boshqaga turmushga chiqsa va birga hayot kechirib, vaqti kelganida ular ham vafot etishsa, so‘ngra uchovlari jannatga kirishsa, ayol ikki eridan qaysi biri bilan birga bo‘ladi?

Javob: Mo‘minlar onasi Ummu Salama roziyallohu anhodan xuddi shu mavzuga taalluqli hadis rivoyat qilingan. Bu onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: "Ey Allohning rasuli, muslima ayol turmushga chiqsa-yu, eri vafot etsa, so‘ngra ikkinchi kishiga turmushga chiqib, birga yashab, vafot etishsa-da, pirovardida uchovlari jannatga kirishsa, (ayol qaysi biri bilan birga bo‘ladi)?" deb so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ey Ummu Salama, Alloh bu ayolga ikki eridan birini tanlash ixtiyorini beradi. U ayol esa xulqi yaxshisini ixtiyor etadi", deb quyidagi so‘zni ham qo‘shib qo‘ydilar: "Ey Ummu Salama, chiroyli xulqlilar dunyo va oxiratda "yaxshilar" deyilgan unvonga ega bo‘lishadi".

Biz ushbu hadisi nabaviy savolingizga javob bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.