background
logotype
image1 image2 image3

Aqoid nima?

SavolIslomiy kitoblarda «aqida»«aqoid»degan so‘zlarni ko‘p uchratamanammo ma'nosiniuncha tushunmaymanShu haqda to‘laroma'lumot bera olmaysizlarmi?

Javob«Aqida» - tugib qo‘yish ma'nosidagi «aqd» o‘zagidan yasalgan so‘z, «aqoid» esa uning ko‘plik shaklidir. Istilohda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yetkazgan barcha narsalarning rostligini tasdiqlab, qalb va ko‘ngil bog‘lab ishonilishi lozim bo‘lgan narsalar «aqoid», deyiladi. Aqidasiga xalal yetgan, ahli sunna val-jamoadan ajralgan kishi haqida So‘fi Allohyor «Aqida bilmagan shaytona eldur, agar ming yil amal, deb qilsa, eldur», deb yozganlar. Aqoidga oid bilimlarni ichiga olgan ilm «aqoid ilmi»,deyiladi.

Aqoid hukmlari zamon, makon, shaxs va jamiyat hayotiga qarab o‘zgarmaydi. Bu hukmlar yaxlit bo‘lib, bir qismiga ishonish, boshqa qismiga ishonmaslik mumkin emas.

Faqihlardan aqoidga doir ilk asar yozgan va asarlari bizgacha yetib kelgan zot mazhabboshimiz Abu Hanifadirlar. U kishining «Al-fiqhul akbar», «Al-fiqhul absat», «Ar-Risola», «Al-olim val-muta'alim», «Al-Vasiyya» kabi mashhur besh asarlari aqoid masalalariga oiddir. Imom Shofe'iy, Ahmad ibn Hanbal, Tabariy, Nasaiy, Tahoviy kabi olimlar, Imom Buxoriy, Dorimiy, Abu Dovud kabi muhaddislar ham aqoid ilmiga doir asarlar yozishgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.