Aqida imomlari kimlar?
Savol: Ahli sunnat val jamoa aqidasining asoschilari Imom Moturidiy va Imom Ash'ariy ekanini o‘qib qoldim. Ana shu ikki imom haqlarida ma'lumot berishlaringizni so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat!
Javob: IMOM MOTURIDIY Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy as-Samarqandiy Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida milodiy 870 yilda tug‘ilganlar. Ahli sunnat val jamoa aqidasi asoschilaridan.
U kishining "Kitab at-tavhid", "Kitab al-maqolot", "Kitabi raddi avoil al-adilla lil-Ka'biy", "Kitabi ta'vilotil-Qur'an" kabi asarlari bor.
O'zlarining "Ta'vilotil-Qur'an" nomli tafsirlarida ilmi kalom ulamolari yo‘lidan borib, Qur'oni karim oyatlarini aqidada ahli sunnat val jamoa mazhabini qo‘llab tafsir qilganlar.
Butun dunyo musulmonlari aqidada shayx Abu Mansur Moturidiy va shayx Abul Hasan al-Ash'ariy ta'limotiga tayanadilar. Moturidiyyalar Imomi A'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh aqidasiga suyansalar, Al-Ash'ariy aqidasiga Imom Shofe'iy, Imom Molik, Imom Hanbaliy mazhablari asos bo‘lgan. Har ikkala aqida sohiblari "ahli sunnat val jamoa"ning asosini tashkil etishgan.
Abu Mansur Moturidiy milodiy 944 yili vafot etganlar, qabrlari Samarqand chetidagi Chokardizada.
IMOM ASH'ARIY. Imom Abulhasan Ali ibn Ismoil al-Ash'ariy ahli sunnat val jamoaning mashhur aqida imomlaridan, milodiy 873 yilda tug‘ilgan. Bag‘dodda yashaganlar, mashhur sahobiy Abu Muso al-Ash'ariyning avlodlaridan. Avval mo‘‘taziliylarga bosh bo‘lib, keyin ularni fosh qilganlar. Ahli sunnat val jamoa aqidasi bo‘yicha bir qancha mashhur asarlari bor. "Maqolot ul-islomiyyin", "Al-ibona", "Risolatun ila ahlis sag‘ir", "Al-Lama'" shular jumlasidan. U kishi mo‘‘taziliylar, faylasuflar, karmatiylar, botiniylar, rofiziylar aqidasi noto‘g‘ri ekanini dalillar asosida yoritganlar. U kishi Imom Moturidiy bilan birga ahli sunnat val jamoaning aqida imomlari deb tan olinganlar. Milodiy 935 yili Bag‘dodda vafot etganlar (rahmatullohi alayh).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.