background
logotype
image1 image2 image3

Материалы

  • Sayt haqida (Maqolalar soni: 1)
  • Ibratli hikoyatlar (Maqolalar soni: 259)
  • Ulug‘ zotlar o‘giti

    Birinchi xalifa Abu Bakr Siddiqning (r.a.) oxirgi so‘zlari “Mutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!” bo‘ldi.
    Hazrati Usmon ibn Affonning (r.a.) jon chiqar paytdagi so‘zlariga e’tibor qiling: “Ka’baning Parvardigoriga qasamki, bular mening shahidligimga guvohdir!”
    Muhammad ibn Alidan rivoyat qilinishicha, jonlariga xavorijlar qasd qilganidan keyin Hazrati Ali (k.v.) oxirgi nafaslarigacha “La ilaha illalloh”dan o‘zga so‘zni tilga olmadilar.
    Xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon o‘lim onlarida: “Koshkiydi oddiy qurayshlik kishilardan bo‘lib qolsam, koshki bu vazifada ishlamasam edi”, deb o‘z mansab-mavqelaridan iztirob chekkanlar.
    Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘lim onida: “Allohim, diydoringni Umarga xayrli qil! La ilaha illalloh”, deb turib jon taslim qilganlar.

    (Maqolalar soni: 51)
  • Islomiy odob (Maqolalar soni: 18)
  • Bugungi kun (Maqolalar soni: 89)
  • Hikmatlar (Maqolalar soni: 0)
  • Islomiy she’riyat (Maqolalar soni: 93)
  • "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi
    Bismillahior rohmanir rohiym
     
    «Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

    Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).
    BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 5 BOSQICH

    Islom va Payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning tarixlari barcha uchun ibratdir. Insoniyatning eng buyuk kishisi bo'lgan sevikli Janobimizning siyratlariga bag'ishlab, to'rt yildan beri viktorina o'tkazib kelayotganimizdan xabaringiz bor. Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan viktorinaning 5-bosqichini e'lon qilamiz. 

    "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi inshaalloh 2011 yil 5 avgust, juma kunidan boshlanadi.

    Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar hayoti haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

    Tartib:
    Har juma kuni ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol e'lon qilinadi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 7 kun keyin e'lon qilinadi.

    Hisob:
    Sizning javoblaringiz tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
         - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
    Ishtirokchilar reytingi 7 kunda berib boriladi.

    Mulohazalar:
    Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

    Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

    Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!

    www.ziyouz.com tahririyati.
    (Maqolalar soni: 47)
  • Tobeinlar (Maqolalar soni: 23)
  • Mo‘minlar onalari (Maqolalar soni: 11)
  • Sahobalar (Maqolalar soni: 160)
  • Islom xalifalari (Maqolalar soni: 8)
  • Muhammad (s.a.v.)

    Muhammad sallollohu alayhi vasallamning hayotlari haqidagi ushbu bo'lim Muhammad Huzariyning"Nurul-yaqiyn" kitobi asosida tayyorlandi.

    (Maqolalar soni: 81)
  • Fatvolar (Maqolalar soni: 0)
  • Qur’oni karim (Maqolalar soni: 1)
  • Hadisi sharif (Maqolalar soni: 12)
  • Aqoid (Maqolalar soni: 5)
  • Namoznoma

    Mas'ul muharrirlar:
    Abdulaziz MANSUR, Anvar TURSUN

    Tahrir hay'ati:
    Nurulloh MUHAMMAD RAUFXON
    Muhammad ShARIF JUMAN
    Nuriimon ABULHASAN

    Nashrga tayyorlovchi:
    Abdulloh MUROD XOLMUROD o'g'li

    Tartiblovchi: Qudratulloh JUMA o'g'li

    Musahhiha: Rayhona XOLBEK qizi

    Oyatlar tarjimoni va izohlar muallifi
    Abdulaziz MANSUR

    Toshkent, «Yangi asr avlodi» 2003.

    (Maqolalar soni: 31)
  • Yangiliklar (Maqolalar soni: 13)
  • Muborak oy tuhfasi (Maqolalar soni: 0)
    • Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1429 hijriy

      Assalomu alaykum aziz dindoshim!

      Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
      Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
      Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
      Ayyom muborak! 

      Muborak Oy tuhfasi dasturi 3 yildan beri Ramazon oyida taqdim etilib kelyapti. Inshaalloh bu yilgi Rahmat oyida ham davom etadi. Dastur Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz. 

      Bu yilgi dastur ushbu qismlardan iborat:
      Rasululloh SAVning duolari (sahih hadislar asosida Rasululloh SAV tillaridan rivoyat qilingan duolar)
      Sahih hadisi shariflar (sahih kitoblaridan olingan ibratli hadislar)
      Sahih hikoyatlar (sahih hadislar asosida to'plangan ibratli hikoyatlar)
      Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar (sahih hadis va rivoyatlar asosida).

      Dasturni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi: Qur'oni karimning o'zbekcha tarjimasi (Alouddin Mansur), "Al-Jome' as-sahih" (Imom al-Buxoriy), "Sahihi Muslim" (Imom Muslim), "Sunani Termiziy" (Imom Termiziy), "Al-adab al-Mufrad" (Imom Buxoriy), "Al-azkor" (Imom Navaviy), "Shamoili Muhammadiy" (Imom Termiziy), "Arba'iyn" (Imom Navaviy), "Riyozus solihiyn" (Imom Navaviy), "Musnad" (Imom Abu Hanifa). Har bir hadisning sanadi va roviyi ilova qilindi.

      "Muborak Oy tuhfasi" dasturi www.ziyouz.comning Islomiy saytida tayyorlangan. Dastur inshaalloh Ramazonning 30 kunida davom etadi.
      Shuningdek, Muborak oy tuhfasi e-mail orqali ham yuboriladi. Agar o'zingiz va boshqa birodarlaringiz ham ushbu dasturdan bahramand bo'lishlarini hohlasangiz, ularning e-maillarini Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  yo'llashingiz mumkin.

      Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
      Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
      (Maqolalar soni: 30)
    • Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1428 hijriy

      "Muborak Oy tuhfasi" dasturi inshaalloh, bu yilgi Ramazonda ham sizlarga taqdim etiladi. Bu dastur Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz. 
      1428 yilgi dastur ushbu qismlardan iborat:
      - Qur'oniy duolar;
      - Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar;
      - Buyuk sahobalar o'gitlari;
      - Saodat asri qissalari.

      Dasturni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi: Qur'oni karimning o'zbekcha tarjimasi (Alouddin Mansur), "Al-Jome' as-sahih" (Imom al-Buxoriy), "Al-azkor" (Imom Navaviy), "Shamoili Muhammadiy" (Imom at-Termiziy) , "Tanbehul g'ofiliyn" (Abu Lays Samarqandiy), "Fazoilul a'mol" (Muhammad Zakariyo), "Qalbimning nuri" (Abdumurod Tilav), "Sharq Haqni topdi" (Ahmad Muhammad) va islom.ziyouz.com maqolalari.

      (Maqolalar soni: 30)
    • Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1427 hijriy

      Muborak Oy tuhfasi dasturi Ramazon oyida Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
      1427 yilgi dastur ushbu qismlardan iborat: 
      - Muborak oy oyati
      - Muborak oy hadisi
      - Muborak oy hikmati
      - Muborak oy hikoyati.

      (Maqolalar soni: 29)
  • Maqolalar (Maqolalar soni: 95)
    • Qur’on mo‘jizalari

      Bo'limdagi maqolalar Horun Yahyoning "Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari" kitobi asosida tayyorlangan.

      (Maqolalar soni: 119)
    • Gunohi kabiralar

      Ushbu maqolalar Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning "Kaboir" (Gunohi kabiralar) kitobi asosida tayyorlandi. Tarjimon: Dilmurod Qo'shoqov. «Movarounnahr», Toshkent-2004

      (Maqolalar soni: 68)
  • Fiqh (Maqolalar soni: 7)
  • Kitoblar (Maqolalar soni: 131)

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.