background
logotype
image1 image2 image3

5-bosqich. 1-tur: Birinchi islomiy haj. Elchilar yili

V BOSQICH
1-tur: Birinchi islomiy haj. Elchilar yili
Javoblar va izohlar


1. Haj ibodati qaysi payg’ambar davrlaridan buyon ado etiladi?
a) Odam alayhissalom.
b) Nuh alayhissalom.
c) Ibrohim alayhissalom.
d) Muhammad alayhissalom.
To’g’ri javob: Ibrohim alayhissalom.
Izoh: Haj ibodati Ibrohim alayhissalom davrlaridan buyon bo‘lib kelar edi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

2. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga hijrat qilmaslaridan avval necha marta haj qilganlar?
a) 1 marta
b) 2 marta
c) har yili 
d) haj qilmaganlar
To’g’ri javob:  har yili 1 marta
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) hijratdan avval Makkada istiqomat qilgan paytlarida hajni hech tark qilmaganlar, chunki Quraysh johiliya davrida ham hajni tark etmas edi. Haj mavsumida Makkada bo’lmay qolgan yoki zaiflik to’sqinlik qilganlargina hajdan to’silar edi. Ibn Asir “Nihoya” asarida Rasululloh (s.a.v.)ning har yili haj qilganlarini keltirgan. (Rashid Rizo. “Sayyiduna Muhammad” (s.a.v.)

3. Abu Bakr roziyallohu anhu bilan birgalikda necha kishi haj qilishga jo’nadi?
a) 200 kishi.
b) 300 kishi.
c) 400 kishi.
d) 500 kishi.
To’g’ri javob: 300 kishi.
Izoh: Abu Bakr roziyallohu anhu haj qilishni istagan uch yuz kishi bilan hajga jo‘nab ketdilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

4. Hazrati Ali «Baroat» surasining avvalida keladigan oyati karimalarni yetkazish uchun Rasulullohning buyruqlari ila yo’lga chiqdilar. U kishi bu safarga Rasululloh s.a.v.ning qaysi tuyalarini minib chiqdilar?
a) Azboa.
b) Qasvo.
c) Abdo.
d) Bayzo.
To’g’ri javob 1: Azboa. 
Izoh: Hazrati Ali roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning al-Azboo nomli tuyalarini minib yo‘lga tushdilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)
To’g’ri javob 2: Qasvo
Rasululloh (sav) hazrati Alini (r.a) chaqirdilar. Tez Makkaga borishini, u yerda odamlarga Tavba surasini o'qib berishini, ayniqsa, to'rt narsani e'lon etishini buyurdilar. Qasva laqabli tuyalariga mindirdilar. Hazrati Ali Makka yo'lini tutdi". (Ahmad Lutfiy, "Saodat asri qissalari". 4-juz, 196-b).

5. “Baroat” surasi Rasululloh (s.a.v.) davrlarida va undan keyin yana qanday nom bilan ataldi?
a) “Sinov”.
b) “Fosh etuvchi”.
c) “Taqiqlovchi”.
d) “Nifoq etuvchi”.
To’g’ri javob: “Fosh etuvchi”.
Izoh: «Baroat» surasi odamlarning sirlarini fosh etgani uchun Rasululloh (s.a.v.) davrlarida va undan keyin «Fosh etuvchi» deb atalgan. (“As-siyra an-nabaviyya”)

6. Rasululloh (s.a.v.) amalga oshirgan eng so’nggi g’azot qaysi edi?
a) Zul-qassa.
b) Tabuk.
c) Toif.
d) Banu Mulavvah.
To’g’ri javob: Tabuk
Izoh: Tabuk g’azoti Rasululloh (s.a.v.) amalga oshirgan eng so’nggi g’azot edi. (“As-siyra an-nabaviyya”) 

7. Rasululloh (sav) huzurlariga "Elchilar yilidan" tashqari yana qaysi vaqtlarda elchilar tashrif buyurishgan?
a) hijratdan oldin
b) hijratning dastlabki yillarida
c) Makka fathidan oldin
d) a, b, c javoblar to’g’ri
e) b, c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: a, b, c javoblar to’g’ri
Izoh: Rasululloh (sav) ga yuborilgan elchiliklar fathdan avval boshlangan, ba’zilar hijratning dastlabki yillarida, ba’zilar hijratdan oldin kelishgan. To’xtovsiz suratda davom etgan elchiliklar esa hijriy 9-yilda boshlanib, hijriy 10-yil va undan keyin ham davom etgan. Shu sababli 9-hijriy yil "Elchilar yili" deb nomlangan. (Sofiy ar-Rohman al-Muborakfuriy. "Ravzatul anvar fi siyrat an-Nabiy al-muxtor", 189-bet)

8. "Ular Arabiston yarim orolining sharqida istiqomat qilar, Madinadan tashqarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan edilar. Bahrayndagi Javosiy qishlog’idagi masjidlari Rasululloh (sav) masjidlaridan keyin ilk juma o’qilgan masjid edi". Bu ta’rif qaysi qabilaga tegishli?
a) Banu Omir ibn Qays
b) Saqif
c) Azd
d) Azd Shanua
e) Banu Abdul Qays
To’g’ri javob: Banu Abdul Qays.
Izoh: "Ular Arabiston yarim orolining sharqida istiqomat qilar, Madinadan tashqarida birinchi bo’lib musulmon bo’lgan edilar. Bahrayndagi Javosiy qishlog’idagi masjidlari Rasululloh (sav) masjidlaridan keyin ilk juma o’qilgan masjid edi. Banu Abdul Qays ikki marta, bir marta hijriy 5-yil, bir marta elchilar yilida elchi yuborgan". (Sofiy ar-Rohman al-Muborakfuriy. "Ravzatul anvar fi siyrat an-Nabiy al-muxtor", 190-bet)

9. Rasululloh (sav) huzurlariga kelgan elchilar ichida u zot ularning qiyofasi va kiyimlaridan ajablanib "Sizlarning sifatingiz nima?" deb so’raganlarida, "Bizlar mo’minlarmiz" deb javob bergan va buni o’zlaridagi o’n beshta xislat bilan izohlagan qabila qaysi edi?
a) Zu Murra
b) Banu Abs
c) Azd
d) Banu Iysh
e) G’asson
To’g’ri javob: Azd.
Izoh: "Azddan Rasululloh (sav) huzurlariga 7 kishi tashrif buyurdi. Ular Rasululloh (sav) ning oldilariga kirib suhbatlashganlarida, u zot ularning qiyofalari va kiyimlaridan ajablanib "Sizlar kimsiz?", ya’ni "Sizlarning sifatingiz nima?", deb so’radilar. Suvayd ibn al-Horis al-Azdiy rivoyat qiladi: "Bizlar mo’minlarmiz", dedik. Rasululloh (sav) tabassum qildilar va "Har bir so’zning haqiqati bo’ladi, sizlarning so’zingiz va iymoningizning haqiqati nima? - dedilar. "O’n beshta xislat. Ulardan beshtasiga iymon keltirishimizni, beshtasiga amal qilishimizni elchingiz orqali bizlarga buyurdingiz. Yana beshtasiga esa johiliyat davrida odatlanganmiz, agar ulardan biror narsani yoqtirmasangiz biz uni tark qilamiz", dedik". (As’ad Muhammad Sa’id as-Sog’urjiy. "Sayyiduna Muhammad Rasululloh al-usva al-hasana", 2-juz’, 619-bet)

10. To’lov molini topshirish uchun Najron elchilariga hamroh qilib jo’natilgan Abu Ubayda ibn Jarroh shu kundan e’tiboran qanday nomga ega bo’ldi?
a) Vakili Rasululloh (s.a.v.)
b) Sohibi Rasululloh (s.a.v.)
c) Aminul umma
d) Vakilul umma
To’g’ri javob: Aminul umma
Izoh: Najron elchilari Rasululloh (s.a.v.) bilan sulh tuzgach, to’lov molini topshirish uchun bir Amin degan odamni qo’shib berishni Rasululloh (s.a.v.)dan so’radilar. Mana bu kishi esa islom ummati ichida amini erur edi, Abu Ubayda ibn Jarrohni ularga qo’shdilar. Shu kundan boshlab Abu Ubayda ibn Jarroh Aminul umma laqabini ko’tardi. (Alixonto’ra Sog’uniy. “Tarixi Muhammadiy”).

11. Rasululloh (s.a.v.)ga ikki marta, Makkada hijratdan avval va hijratdan so’ng kelgan elchilar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Doriyun elchilari
b) Najron elchilari
c) Tay qabilasi elchilari
d) Xavlon qabilasi elchilari
To’g’ri javob: Doriyun elchilari
Izoh: Rasululloh (s.a.v.)ga nasroniy dinida bo’lgan Abu Tamim Doriy, ukasi Nuaym Doriy va yana to’rt kishi elchi bo’lib keldi. Ularning elchiligi  2 marta, hijratdan avval Makkada va ikkinchisi hijrat so’ng edi. (Rashid Rizo. Sayyiduna Muhammad (s.a.v.).

12. Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga tashrif buyurgan elchilar orasida bir shaxs bo’lib, elchilik davomida musulmon bo’ldi. Biroq keyin murtad bo’lib, keyinchalik Abu Bakr xalifaligi davrida qayta islom dinini qabul qildi. Ushbu shaxsni toping.
a) Abulqays elchilaridan Jorud
b) Asha’s ibn Qays
c) Molik ibn Namat
d) Xorija ibn Hisn
To’g’ri javob: Asha’s ibn Qays
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga Yamandagi qabilalardan biri Kinda elchilari tashrif buyurdi. Ular orasida Asha’s ibn Qays bo’lib, qavmida obro’-e’tiborli shaxs edi. Elchilik davomida musulmon bo’ldi. Biroq keyin murtad bo’lib, keyinchalik Abu Bakr xalifaligi davrida qayta islom dinini qabul qildi. (Rashid Rizo. Sayyiduna Muhammad (s.a.v.).

13. Rasululloh s.a.v. kimga “sizda Alloh suyadigan ikki hislat : halimlik va og’ir bosiqlik bor ekan”, degan edilar?
a) Munqiz ibn Hayyon
b) Al-Ashajjul Asriy
c) Jorud ibn Alo’ al-Abdariy
d) Xorija ibn Hisn
To’g’ri javob: Al-Ashajjul Asriy
Izoh: Ushbu qabiladan ikki bor vakillar kelgan. Birinchisi hijratning beshinchi yilida yoki undan ham ilgariroq bo’lgan edi. Ushbu qabiladan Munqiz ibn hayyon degan kishi tijorat bilan Madinaga keladi va islomni o’rganib musulmon bo’ladi. So’ng qavmiga Rasululloh (s.a.v) ning maktublarini olib qaytadi. Qavmi ham musulmon bo’lib shahri haromda 13 yoki 14 kishi  u zot huzurlariga vakil bo’lib keldilar. Shu kelgan  safarlarida ular Rosululloh (s.a.v)ga iymon haqida ,ichimliklar haqida savol berishgan edi. Ularning kattasi al-Ashajjul Asriy bo’lib Rasululloh (s.a.v) unga “sizda Alloh suyadigan ikki hislat : halimlik va og’ir bosiqlik bor ekan”, degan ekanlar. (Ar-Rohiyq al-maxtum)

14. Rasululloh (s.a.v) Xaybarda bo’lganlarida yetmish-sakson  xonadonni boshlab kelib  qo’shilgan va undan avval kelib qavmini duo’i bad qilishlarini so’ragan edilar va bu sahobiy kim edi?
a) Tufayl ibn Amr
b) Ka’b ibn Zuhayr
c) Ziyod ibn Xoris as-Sudoiy
d) Al-Ashajjul Asriy
To’g’ri javob: Tufayl ibn Amr
Izoh: Bu qabila elchilari yettinchi yilning boshlarida Rasululloh (s.a.v) Xaybarda ekanliklarida kelishgan edi. Biz yuqorida Tufayl ibn Amr ad-Davsiyning musulmon bo’lgani haqida  aytib o’tgan edik. U Rasululloh(s.a.v)ni Makkadalik paytlarida islomni qabul qilgan, so’ng qavmiga qaytib borib, ularni islomga da’vat qilgan, ammo qavmi islomni qabul qilishga shoshmagan edi. Shunda u ularning musulmon bo’lishlaridan umidi uzilib, Rasululloh (s.a.v)  huzurlariga kelib qavmini duobad qilishlarini so’ragan edi. (Ar-Rohiyq al-maxtum)

15. Rasululloh s.a.v. huzurlariga kelgan qaysi elchilar guruhi bilan musulmon shoirlari o’rtasida tortishuv bo’lib o’tdi?
a) Bani Sa’d
b) Bani Tamim
c) Bani Omir
d) Saqif
To’g’ri javob: Bani Tamim
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelgan elchilar ichida Bani Tamim qibilasi elchilari ham bor edi. Hay’at qabilaning ko‘zga ko‘ringan a’yonlaridan tashkil topgan edi. Ularning so‘zlovchi shoiri bilan musulmonlarning so‘zlovi shoiri o‘rtasida so‘z tortishuvi bo‘lib o‘tdi. Bu tortishuv so‘ngida Islomning fazli zohir bo‘ldi. Islomning so‘zlovchi shoiri g‘olib keldi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”)

16. Qabilasi nomidan bir o’zi elchilik qilgan, rasululloh s.a.v. huzurlaridan da’vatchi o’laroq chiqib, qabilasini yagona Allohga da’vat qilgan, natijada yurtidagi barcha erkagu ayol musulmon bo’lgan kimsa kim edi?
a) Zimom ibn Sa’laba
b) Omir ibn Tufayl
c) Usmon ibn Abil Oss
d) Ash’as ibn Qays
To’g’ri javob: Zimom ibn Sa’laba
Izoh: Bani Sa’d ibn Bakr qabilasining elchiligi bir kishi - Zimom ibn Sa’labadan iborat edi. U o‘z qavmi huzuriga da’vatchi bo‘lgan holida qaytdi. Uning birinchi aytgan gaplari quyidagilardan iborat edi: «Lot va Uzzo qandoq ham yomon bo‘ldi!» dedi u… O’sha kuni uning yurtidagi barcha erkagu ayol musulmon bo‘ldi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”) 

17. Mashhur buzg’unchi Musaylamatul Kazzob qaysi qabila vakili sifatida kelgandi?
a) Bani Sa’d
b) Bani Hanifa
c) Bani Tamim
d) Bani Omir
To’g’ri javob: Bani Hanifa
Izoh: Bani Haniyfa elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganda ularning ichida mashhur buzg‘unchi Musaylamatul Kazzob ham bor edi. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”) 

18. Rasululloh s.a.v. qaysi qabila elchilari boshlig’ini “Zaydul xoyr” deb nomladilar?
a) Kinda
b) Toy
c) Abdul Qays
d) Tajiyb
To’g’ri javob: Toy
Izoh: Tarixda o‘z saxovati ila mashhur bo‘lgan Xotam Toyning qabilasi elchilariga Zaydul xoyl ismli kishi boshliq bo‘lib keldi. Bu o‘ta yaxshi insonni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam «Zaydul xayr» deb nomladilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”) 

19. Yamanliklar ahli Islomga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat ila kelib,  «Ertaga mahbublarni ko‘ramiz. Muhammad va hizbini ko‘ramiz», deb she’r aytib kelishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga qanday javob aytdilar?
a) Ular ko‘ngli raqiq kishilardir. 
b) Ular qalbi yumshoq kishilardir.
c) Iymon Yamandir.
d) Hikmat Yamoniydir.
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Barcha javoblar to’g’ri
Izoh: Bu hay’at Islomga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat ila keldi. Ular: «Ertaga mahbublarni ko‘ramiz.  Muhammad va hizbini ko‘ramiz».  deb she’r aytib kelishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga ahli Yaman keldilar. Ular ko‘ngli raqiq va qalbi yumshoq kishilardir. Iymon Yamandir. Hikmat Yamoniydir», dedilar. (“Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat”) 

20. Rasululloh s.a.v. Yamanga dinni o’rgatish uchun kimni yubordilar?
a) Muoz ibn Jabal r.a.
b) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
c) Xolid ibn Valid r.a.
d) Ubay ibn Ka’b r.a. 
To’g’ri javob: Muoz ibn Jabal r.a.
Izoh: Rasululloh s.a.v. Muoz ibn Jabal r.a.ni Yamanga yuborar ekanlar, quyidagi tavsiyalarni berdilar: “Qavmga har bir narsani osonlashtir, qiyinlashtirma…”. (“As-siyra an-nabaviyya”)


2004-2018 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.